Huawei 1
Milliy gvardiyachilar "rezina tayoqlar" bilan birga "maxsus tayoqlar"dan ham foydalanishi mumkin bo‘ladi

"Milliy gvardiya to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Loyihada quyidagilar belgilanmoqda:

Milliy gvardiyasining asosiy vazifalari 12 tadan 9 taga tizimlashtirilib, yangi tahrirda bayon etilmoqda (shu jumladan, amaldagi 7 ta vazifa  - 3 taga birlashtirilmoqda); 

Milliy gvardiyaning boshqa davlat organi vakolatiga kiradigan 2 ta huquqlari (axborotlashtirish texnika vositalarini hamda axborotni texnik jihatdan himoya qilish vositalarini sertifikatlashtirishga) chiqarilmoqda;   

Qonuning “Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish prinsipi” nomli moddasi jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda,  Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi) fuqaroga murojaat etganida “o‘zini tanishtirish tartibi” bilan to‘ldirilmoqda;

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari maxsus vositalarni qo‘llashda “rezina tayoqlar” bilan birgalikda “maxsus tayoqlar”dan ham foydalanishi mumkinligi belgilanmoqda.

Teleskopik tayoqlarni shaxsiy tarkib xizmati mobaynida yig‘ilgan holatda olib yurish imkoniyatiga ega bo‘lib, metalldan tayyorlangani sababli, faol qarshilik ko‘rsatgan tartibbuzarlarni “bo‘ysundirish”, “kuzatib olib ketish”, sovuq qurolli hujumni bartaraf etish, xizmat otlarida turib foydalanish uchun qulay hisoblanadi hamda undan, zarurat bo‘lganda, “transport vositalarining oynasini sindirishda” ham foydalanish mumkin, deyiladi loyihada.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты