Huawei 1
Milliy simfonik orkestri faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi

“O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy va jahon mumtoz musiqa sanʼatidan aholini yana-da kengroq bahramand etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-401-son, 22.11.2024) qabul qilindi.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri xodimlarining mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2025 yil 1 yanvardan boshlab, orkestrning:

—  badiiy-rahbar xodimlari uchun – 4,0 koeffitsiyentga;

— oliy va birinchi toifali artistlari uchun – 1,17 koeffitsiyentdan 4,0 koeffitsiyentga;

— ikkinchi toifali va toifasiz artistlari uchun –  1,17 koeffitsiyentdan 3,0 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilandi.

Davlat organlari, muassasalari va korxonalari o‘z xodimlarini milliy va jahon mumtoz musiqa sanʼati asarlari bilan tanishtirishi uchun chiptalar va abonementlar sotib olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Tajribali dirijyorlar va orkestr ijrochilarining mahorat maktablari faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112713 | Инструменты