MMA jangchisi Odilxon Kamolov avariyaga uchradi

MMA jangchisi Odilxon Kamolov avariyaga uchradi. Bu haqda uning o‘zi instagram sahifasida ma’lum qildi.

"Avtofalokatga uchradik. Allohga shukr hammasi yaxshi. Bosh qismimdan ozgina jarohat oldim, ammo bir necha kunda shifoxonadan chiqaman. Tez orada mashg‘ulotlarga qaytaman. 4 mart kuni bo‘ladigan jangni so‘roq ostida qoldirishni istamayman. Toshkentda uchrashamiz..." deya yozdi Odilxon Kamolov.

Eslatib o‘tamiz, Odilxon navbatdagi jangini 4-mart kuni Toshkentda tojikistonlik Kamil Karatega qarshi o‘tkazadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40609 | Инструменты