Mudofaa vazirligi tomonidan Toshkent shahri boʻylab harbiy dala oshxonalari tashkil etildi
Havo haroratining keskin tushib ketishi munosabati bilan Mudofaa vazirligi tomonidan Toshkent shahri hududlarida harbiy dala oshxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Poytaxt va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan harbiy dala oshxonasi fuqarolarga issiq choy va yeguliklar taklif etilmoqda. Shuningdek, ularning vaqtni mazmunli oʻtkazishlari uchun kitoblar, koʻngilochar vositalar, shaxmat-shashka oʻyinlari ham tashkil etilgan.

Isitish punktlari tashkil etilgan hududlar roʻyxati:
Alpha version: 0.9.1.19 build 40411 | Инструменты