Maktabni tashkil etishdan asosiy maqsad – ulug‘ ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosini qadrlash, o‘rganish va tadqiq etish, uni yosh avlod ongiga chuqur singdirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 sentabr kuni “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Ulug‘ ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi ham aynan ana shu vazifani amalga oshirishdagi ilk qadam bo‘lmoqda. Mazkur maktabning tashkil etilishi davrning ana shu da’vatiga javob bera oladigan kadrlarni yoshligidanoq tayyorlab borish, sohada yetuk hamda zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlashga zamin yaratadi.
Maktabni tashkil etishdan asosiy maqsad – ulug‘ ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosini qadrlash, o‘rganish va tadqiq etish, uni yosh avlod ongiga chuqur singdirish, o‘quvchilarga aniq fanlarning yuksak cho‘qqilarini zabt etish, boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘quvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorini aniqlash va ularni qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar bazasini yaratishdan iboratdir. Maktab oldiga qo‘yilayotgan talablardan biri – ana shu maqsadlarga erishish uchun yuqori malakali, sohasining bilimdoni bo‘lgan o‘qituvchi-pedagoglar bazasini shakllantirish bilan birgalikda, maktabda chet tilini o‘qitishga ham katta e’tibor qaratilganidir.
Maktabda o‘quv jarayoni xalqaro andozalar asosida olib borilishi maqsadida unga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti professor-o‘qituvchilarini ham jalb etish belgilangan. Mazkur qaror bilan maktabda tahsil oladigan o‘quvchilarga barcha shart-sharoitlarni yaratish bilan birgalikda ularni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirib borish, maktab yoshidagi iqtidorli o‘quvchilarga matematika, fizika, informatika fanlarini integratsiyalashgan holda qamrab olgan ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish, ularning natijalariga ko‘ra beriladigan “Muhammad al-Xorazmiy izdoshlari” nomli mukofot ham ta’sis etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50910 | Инструменты
Kontaktov net shtob dozvanitsya
Maktab manzili qayerda