Turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan respublika bo‘ylab faoliyat yuritayotgan joylashtirish vositalari (mehmonxonalar, mehmon uylari, xostellar) hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondi va Madaniy meros agentligi tasarrufidagi madaniy meros obyektlariga kirish chiptalariga 20 foizgacha chegirmalar tatbiq etiladi.
Ayni vaqtda, turizm sohasi vakillari va mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda turli madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, ichki turizm yarmarkalari va bayram aksiyalarini tashkil etish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82712 | Инструменты