MXX Institutida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

Oliy bosh qo‘mondon, Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 7 – dekabrdagi “Qurolli kuchlarimiz tashkil topganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni nishonlash to‘g‘risida” gi farmoyishiga muvofiq, MXX Institutida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Unda yurtimizdagi ilg‘or universitetlar qoshida ochilgan akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etishdi. Asosiy maqsad esa yoshlarga muayyan harbiy mutaxassislikni tanlashda ko‘mak ko‘rsatib, ularga Vatan himoyachisi kasbining mas’uliyatini tushuntirishdan iboratdir.

Bugun milliy xavfsizligimizga taxdid soluvchi xavf-xatarlarga karshi kurashishda malakali mutaxassislarni tayyorlab berayotgan MXX  instituti sharoitlari va ish faoliyati bilan tinishish xarbiy bo‘lish istagida bo‘lgan xar bir yoshning orzusi. Davlatimiz rahbarining 7 – dekabrdagi farmoyishi bilan  shunday ekskursiyani amalga oshirish uchun imkoniyat yaratildi. Oliygoxda tashkil etilgan ochiq eshiklar kuniga Toshkent shahrida joylashgan akademik litseylarning 200 nafardan ortiq o‘quvchilari murabbiylari boshchiligida taklif etildi. Yosh yigit- qizlar  kursantlar yotoqxonasi va udagi sharoitlar, o‘quv binosining til tayyorgarlik, kompyuter va lingafon o‘quv xonalari hamda konferens zallarini ko‘zda kechirishdi. O‘quvchilarning qiziqishiga sabab bo‘lib, ularni xayratlantirgan jihat o‘qotar qurol va xarbiy aslahalar bilan boyitilgan MXX qurol-yarog‘ muzeyi bo‘ldi. Unda o‘g‘il – qizlar dastlabki yaratilgan qurollardan tortib, bugungi zamonaviy avtomat va pistoletlar bilan ham tanishib, ularning tarixi xaqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, institutning sport zalida jismoniy tayyorgarlikni oshirish hamda qo‘l jangi bilan shug‘ullanish xonalari ham o‘quvchilarning e’tiboridan ketda qolmadi.

Guvoxi bo‘lganingizdek, MXX institutida bo‘lajak yurt kalqonlarining mukammal bilim olishlari uchun zarur o‘quv va moddiy-texnik bazasi yaratilgan. O‘quv xonalari keng va yorug, zamonaviy talablarga ega, kompyuter texnologiyalari bilan to‘la jihozlangan. Oliy o‘quv yurtida til tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratiladi. Ingliz, fransuz, nemis, arab, fors, turk, xitoy, dari va urdu tillari mukammal o‘qitiladi. Ochiq eshiklar kunining ikkinchi kismi Oliygox klubida davom ettirildi. Unda MXX instituti rahbariyati o‘quv muassasining tarixi, ta’lim yo‘nalishlari, davlat tomonidan kursantlar uchun ajratilayotgan moddiy ta’minot, o‘qishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlarga qo‘yiladigan talab va imtiyozlar haqida ma’lumot berdi. Ta’kidlanganidek, MXX Institutida kursantlar 4 yillik ta’lim yo‘nalishlishi bo‘yicha MXX organlari va bo‘linmalari uchun operativ xodimlarni tayyorlash hamda xizmatning chegara qo‘shinlari uchun xodimlarni tayyorlash fakultetlarida taxsil olishadi. Bu yerda ular kasbiy, xarbiy va xukukiy bilimlarga ega bo‘ladilar.  Tadbir yakunida litsey o‘quvchilari uchun MXX instituti kursantlarining hayoti haqida hikoya qiluvchi hujjatli film namoyish etildi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • To'xtamirzayev Shohjahon
    0
    To'xtamirzayev Shohjahon 8 yil avval

    Har bir o'g'lonning orzusi bo'lsa kerak Shu qatorda Mening ham orzuim shu sohani egallash Vatnimga va Prizidentimizga hizmat qilish...


Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40311 | Инструменты