Avvalroq, Namangan davlat unversiteti oldida 26 yoshli erkak o‘zining 23 yoshli turmush o‘rtog‘ini xo‘jalik pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgani haqida xabar bergan edik.
Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidovning "Uzreport.news" manbasiga xabar berishicha, Namangan shahar sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan.
Ish hujjatlariga ko‘ra, erkak ayoli bilan yarashish maqsadida u o‘qiydigan universitetga borgan. Universitet darvozasi oldida ayoliga gul berib, yarashish niyatida ekani va birga yashash taklifini bergan. Ammo, ayol buni rad etib, boshqa yigitdan sovchi kelayotgani, o‘sha yigitga turmushga chiqishini aytgan. Bundan jahli chiqqan erkak mashinasida bo‘lgan pichoq bilan o‘ta shafqatsizlarcha ayolining bo‘yin sohasini kesib, og‘ir tan jarohati yetkazgan. Qayd etilishicha, er qassob bo‘lib ishlagan.
Er voqeadan so‘ng, o‘ziga ham bir necha marotaba pichoq bilan jarohat yetkazib, o‘z joniga suiqasd qilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, erkak JKning 97-moddasi 2-qismi “j" va "l” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga 17 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tattirish belgilangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42006 | Инструменты