Huawei 1
Namangan va Samarqandda 2,1 milliard soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi

“Hududgaz Namangan“ gaz taʼminoti filiali xodimlari tomonidan oʻtkazilgan reyd tadbirida Namangan shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Z.R. oʻzining yashash xonadonida novvoyxona tashkil etib, tabiiy gaz tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulangani aniqlandi. Hisob-kitoblarga koʻra, u faoliyati davomida davlat manfaatlariga 362,5 million soʻmlik zarar yetkazgan.

Shuningdek, Samarqand viloyatining Tayloq tumanidagi “S.Sh“ oilaviy korxonasiga qarashli novvoyxonada ham tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanilgani oqibatida 1,3 milliard soʻmlik tabiiy gaz talon-toroj qilinganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, viloyatning Pastdargʻom tumanida yashovchi fuqaro A.M. ham oʻz xonadonida noqonuniy issiqxona tashkil qilib, tabiiy gaz tarmogʻiga yashirincha ulangani oqibatida davlat manfaatlariga 462,7 million soʻmlik zarar yetkazgan.

Hozirgi vaqtda mazkur holatlar boʻyicha tegishli idoralar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12016 | Инструменты