Namangan viloyatida 3,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 11-noyabr kuni soat 22:32:33 da O‘zbekiston hududida zilzila yuz berdi.

Zilzilaning episentri Namangan viloyati, Kosonsoy tumani hududida joylashgan bo‘lib, uning koordinatalari 41,21° shimoliy kenglik va 71,52° sharqiy uzunlikni tashkil etdi.

Episentrdagi zilzila kuchi 4 ballni tashkil etgan.  Namangan viloyatida esa   2–3 ball atrofida sezilgan.

Zilzila episentri Toshkent shahridan 193 km janubiy-sharqda, taxminan 26 km chuqurlikda joylashgan. Hodisa oqibatlari haqida hozircha zarar yoki talafotlar to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111214 | Инструменты