Namangan viloyatining Chust tumani "Sadacha" MFYda joylashgan "Katta Bog‘" jome masjidi oldidagi ehson qutisidan bir nechta bola pullarni o'g'irlab ketgani aniqlandi. Mazkur holat haqida 30-aprel kuni Chust tuman IIB boshlig‘i nomiga ushbu masjid Imom xatibi aloqa xati bilan murojaat qilgan.
Aniqlanishicha, 26-apreldan 27-aprelga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar tomonidan masjid tashqarisida joylashgan ehson qutisi ichida bo‘lgan taxminiy miqdori uch million so‘m pullar temir qutini buzish yo‘li bilan olib qochilgan.
Tezkor-qidiruv ishlari davomida masjid tashqarisida bo‘lgan ehson qutisi ichidagi pullarni Chust tumanida yashovchi 2006-yilda tug‘ilgan 4 nafar voyaga yetmagan shaxslar olib qochganligi ma’lum bo‘lgan.
Ularning yonidan 185 ming so‘m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52121 | Инструменты