Toshkent xalqaro matematika olimpiadasi g’oliblari taqdirlandi

Xalqaro Nordik universiteti va IDC ta’lim markazi hamkorligida o’tkazilgan “TasIMO–2026” Toshkent xalqaro matematika olimpiadasi o’z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning final bosqichi Bo‘stonliq tumanidagi "Green Hills Resort" majmuasida bo’lib o’tdi. 2 kunlik sinovlar natijasiga ko’ra, 44 nafar g’oliblar aniqlandi. 21-may kuni “TasIMO–2026” olimpiadasining taqdirlash va yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Shundan so’ng Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor Sherzod Mustafakulov ishtirokchilarni tabriklab, “TasIMO” qisqa vaqt ichida dunyoning turli mamlakatlaridagi iqtidorli yoshlar kutadigan nufuzli matematik platformaga aylanganini ta’kidladi.

3–9- sinf o’quvchilaridan 21 nafari g’oliblar qatoridan joy oldi. 3- o’rin sohiblariga, BHM ning 12 baravari, 2-o’ringa 16 baravari, 1-o’rin egalariga esa 20 baravari miqdorida pul mukofotlari, medal, sertifikat va statuetka topshirildi.

10-11-sinflar kesimida esa 23 nafar g’oliblar aniqlandi. Ularga oltin, kumush, bronza medallari, sertifikat va statuetka, shuningdek, mos ravishda 500, 700 va 1000 $ topshirildi.

Shu bilan birga Olimpiada finalida 3-9-sinflar o‘rtasida yaxshi natija qayd etgani uchun Biloliddin Shahobiddinovga “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari yulduzi” maxsus mukofoti taqdim etildi.

Ma’lumot uchun, Olimpiadaning shaffof va adolatli tarzda o‘tishida 25 nafardan ortiq xalqaro hakamlar hay’ati a’zolari faol ishtirok etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52118 | Инструменты