Huawei 1
Namanganda shifokor ayovsiz kaltaklandi

Namangan shahridagi poliklinikada fuqaro tibbiyot xodimini ayovsiz kaltaklagani haqida videoxabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 28 iyul kuni videolavhada yuz bergan holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB 2-son IIB navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan.

Aniqlanishicha, Namangan shahar “Yangiqurilish” MFYda joylashgan 10-sonli oila poliklinikada shifokor bo‘lib ishlovchi, 1994 yilda tug‘ilgan N.K.ni oldiga Namangan shahrida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan B.N. va akasi 1996 yilda tug‘ilgan G.N. sog‘lig‘i yaxshi emasligi va tana harorati ko‘tarilib ketganidan shikoyat qilib, tibbiy yordam so‘rab kelgan. So‘ngra, shifokor N.K. tibbiy ko‘rikni o‘tkazib, tana harorati ko‘tarilmaganligini aytganida, fuqaro 1999 yilda tug‘ilgan B.N. noto‘g‘ri tashxis qo‘yildi, deb janjal ko‘tarib shifokorni urgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, shifokorni olgan tan jarohati bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Bugun, 4 avgust kuni berilgan xulosaga ko‘ra, shifokorga sog‘lig‘ini buzilishiga sababchi bo‘lgan “yengil” tan jarohati yetkazilgani aniqlangan.

Yuqoridagi holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100904 | Инструменты