Aka-uka "farmasevt"lar noturar bino yerto‘lasida tashkil etilgan yashirin omborda 412 turdagi jami 67 923 birlikdagi dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelgan.
Aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida DXXning Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Bojxona hamda IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda Uychi tumanida farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxona rahbari hamda ishchisi bo‘lgan 1983 va 1986-yillarda tug‘ilgan aka-uka tomonidan noturar bino yerto‘lasida tashkil etilgan yashirin ombor fosh etildi.
Omborni ko‘zdan kechirish jarayonida xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy taxminiy qiymati 5,6 mlrd so‘mni tashkil etuvchi 412 turdagi jami 67 923 birlikdagi dori vositalari kelgusida sotish maqsadida saqlanayotgani aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102612 | Инструменты