Huawei 1
Namanganda “III Xalqaro asal festivali” bo‘lib o‘tdi

Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” tematik bog‘ida III Xalqaro asal festivali bo‘lib o‘tdi.

Festivalda 250 dan ortiq mahalliy va xorijiy ishtirokchilar turli xil asal mahsulotlarini taqdim etdi.

Tadbir mehmonlari uchun konsert dasturlari, sport musobaqalari va asalarichilik sohasidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etildi.

III Xalqaro asal festivalida ishtirok etgan 50 dan ortiq mahalliy va xorijiy asalarichilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, viloyat asalarichilari va xorijiy hamkasblari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumlari va shartnomalari imzolandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110519 | Инструменты