Huawei 1
Namanganda umumiy ovqatlanish shohobchasi rahbari 191,9 mln so‘mlik elektrni o'g'irlagani aniqlandi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi “U.S.G.S” MCHJ rahbari B.O. va boshqalar jamiyatga qarashli umumiy ovqatlanish shohobchasida elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari o‘zboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan tijorat maqsadida noqonuniy foydalanib, 191,9 mln so‘mlik 71,1 ming kVt. soat elektrni o‘g‘rilagan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari B.O. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100319 | Инструменты