Huawei 1
Namangandagi omborxonadan 800 mln so‘mlik noqonuniy dorilar topildi

Namangan shahrida dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar berdi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda M-s. MCHJ rahbari B.E. tegishli tartibda ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan, Lola mahallasi hududidagi omborxonada dori vositalari saqlab kelgan. Ushbu dorilarni O‘zbekiston Respublikasi hududida saqlash, sotish, tashish va tibbiyot amaliyotida qo‘llash taqiqlangan bo‘lib, davlat reyestrida ham qayd etilmagan.

Umumiy bahosi 828,1 million so‘m bo‘lgan 659 turdagi jami 220 308 dona dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi. Ular “Namangan dori-darmon” AJga qarashli maxsus omborga saqlash uchun topshirildi.doriлар, иқтисодий jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, наманганHolat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91923 | Инструменты