“Navoiy xalqaro aeroporti faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–50-son, 09.02.2026 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar Navoiy xalqaro aeroportida loyihaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etish natijasida erishiladigan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar etib belgilandi:
2030 yilga kelib:
- aeroportda amalga oshirilayotgan parvozlar sonini 2,3 barobarga oshirib, yiliga 7 mingtaga yetkazish;
- yo‘lovchi tashish hajmini yiliga 150 ming nafarga hamda yuk tashish hajmini 45 ming tonnaga yetkazish.
“Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ “Uzbekistan Airports” AJning markazlashgan operativ boshqarish tizimidan ajratilgan holda uning faoliyatiga loyihaviy boshqaruv tamoyillari joriy etiladi.
“Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ ijro etuvchi organiga quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirish huquqi beriladi:
- o‘z daromadlari hisobidan aviatsiya xizmatlari eksportini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha xizmatlar turlarini kengaytirish;
- havo kemalariga aviayonilg‘i quyish va xorijiy aviatashuvchilar tomonidan olib kelingan aviayonilg‘ini saqlash bo‘yicha jahon aviatsiya bozori konyunkturasiga mos tariflarni belgilash.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21013 | Инструменты