Navoiy shahridagi «Navoiyazot» AJda portlash sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan FVV matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 11 mart kuni soat 14:10 da «Navoiyazot» AJning 25-sexi laboratoriyasida gaz-havo aralashmasi chaqnashi ro‘y bergan. Chaqnashdan so‘ng yong‘in kelib chiqqan.
Hodisa joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilayotgani bildirildi. Voqea joyiga viloyat FVB boshlig‘i, IIB, SSB, prokuratura xodimlari chiqishgan.
Hozircha hodisa oqibatida halok bo‘lgan yoki jarohat olganlar bor-yo‘qligi aniq emas. Vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi ma’lum qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31208 | Инструменты