Qiziltepa tumanining atmosfera havosida yuzaga kelayotgan noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilini xabardor qilish orqali tegishli masʼullar ishtirokida hududdagi g‘isht ishlab chiqarish sexlari faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida tumaning “Yashnobod” mahallasida faoliyat yuritayotgan 3 ta g‘isht ishlab chiqarish sexi ish jarayonida hosil bo‘ladigan chang va gazlarni tutib qolish uchun chang-gaz tozalash uskunasi talab darajasida ishlamaganligi aniqlandi. Shu bilan birga, Davlat ekologik ekspertiza xulosasida berilgan talab va tadbirlar to‘liq bajarilmaganligi hamda analitik tahlilxona tomonidan olingan namunalarga asosan belgilangan meʼyordan yuqoriligi ma'lum bo'ldi.Ushbu holat yuzasidan 3 nafar g‘isht ishlab chiqarish sex rahbariga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar tuman jinoiy sudiga yuborildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52210 | Инструменты