Navro‘z ayyomi ko‘tarinki ruhda nishonlanadi

“2026 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (82-son, 06.03.2026 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan 2026 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (Tashkiliy qo‘mita) tarkibi tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, Navro‘z bayramini munosib nishonlash bo‘yicha “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy hamda targ‘ibot tadbirlari dasturi tasdiqlanadi va uning amalga oshirilishi taʼminlanadi.

Bu yilgi Navro‘z muborak Ramazon hayiti bayrami bilan hamohang tarzda nishonlanishi uning insonparvarlik tamoyillarini yana-da kuchaytirishini inobatga olib, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, holidan xabar olish tashkil etiladi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilangan tadbirlar amalga oshiriladi, “Men ham ko‘chat ekaman” aksiyalari, umumxalq hasharlari tashkil etiladi.

Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31012 | Инструменты