Huawei 1
Nodir Yunusov “Samo” MCHJ ta’sischilari ro‘yxatidan chiqib ketdi

Odam savdosi va firibgarlikda ayblanib, AQSH bojxona va immigratsiya nazorati xizmati tomonidan qidiruvga berilgan, Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Antistrumin” dori vositasini bozor narxidan ikki barobar qimmatga (5500/6500 so‘mdan) sotgan “Samo” MCHJ ta’sischilaridan biri — Yunusov Nodir Baxtiyorovoch mazkur MCHJ hamda “Fazo-Luxe” MCHJ ta’sischilari ro‘yxatidan chiqib ketdi.

Orginfo’da oxirgi marta iyul oyida yangilangan ma’lumotga ko‘ra, Nodir Yunusov “Fazo-Luxe” MCHJning 2,4 foiz ulushiga, “Samo” MCHJning esa 6,9 foiz ulushiga egalik qilayotgandi. 29 sentyabr holatiga esa u har ikkisining ta’sischilari ro‘yxatidan g‘oyib bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71209 | Инструменты