Sogʻliqni saqlash vazirligining maktab va bogʻchalarga “Antistrumin” preparatini yetkazib berish boʻyicha koʻp milliard dollarlik tenderda gʻolib chiqqan “SAMO” OOO asoschisi Nodir Yunusov oʻta xavfli jinoyatchi sifatida xalqaro qidiruvga berilgan.
Amerika Qo'shma Shtatlari va Interpol uni o'ta og'ir jinoyatlar: odam savdosi, firibgarlik, korrupsiya tashkiloti yaratish bo'yicha qidirmoqda.
FQB maʼlumotlariga koʻra, 2005—2009-yillarda u boshqa Oʻzbekiston fuqarolari bilan birgalikda 59 kishini qullikka aylantirgan, ulardan 40 nafari qutqarilgan. Tashkilot rahbari Abrorxo‘ja Asqarxo‘jaev hibsga olingan, Nodir Yunusov sheriklari bilan o‘z vatanlariga qochib ketgan.
AQSh hukumati Yunusov topilgan taqdirda zudlik bilan 1-866-DHS-2-ICE raqamiga qo'ng'iroq qilishni so'ralmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30409 | Инструменты