Notarial idoraga bormasdan amalga oshiriladigan notarial harakat turlari ko‘paydi

Adliya vazirligidan maʼlum qilishlaricha, notarial idoraga bormasdan turib amalga oshiriladigan notarial harakat turlari ko‘paydi.

Chunki vazirlik mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan “E-notarius.uz” axborot portali imkoniyatlari yana-da kengaytirildi.  

Eslatib o‘tamiz, mazkur portal orqali ko‘plab notarial harakatlarni dunyoning istalgan joyidan turib rasmiylashtirish mumkin.

Endilikda portal orqali er va xotinning umumiy mol-mulkni, shu jumladan, ko‘chmas mulkni tasarruf etish bo‘yicha bitim tuzish uchun xotin (er)ning rozilik arizasini olish mumkin.  

Avtomototransport vositasini tasarruf etish (sotish, hadya, qilish, ayirboshlash, garovga qo‘yish va boshqa turdagi tasarruf qilish) ishonchnomasi, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlashni videokonferensiya orqali (onlayn) notarial rasmiylashtirishni ham portal orqali bajarish mumkin.  

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70411 | Инструменты