Huawei 1
Nukusda maktab o‘quvchilarining foto va videolarini tarqatmaslik evaziga 300 dollar olgan shaxs ushlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida maktab o‘quvchilarining sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarini tarqatmaslik uchun pul talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Nukus shahrida yashovchi K.R. va P.L. ismi ikki ayol IIOga murojaat qilib, “aiaulim.04.04” nomli profil egasi voyaga yetmagan maktab o‘quvchilarining sir saqlanishi lozim bo‘lgan maʼlumotlarini oshkor qilish bilan qo‘rqitib, ulardan pul talab qilayotganini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Nukus shahrida yashovchi 27 yoshli J.A. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan J.A., voyaga yetmagan jabrlanuvchilar S.A. va Y.Y. ismli qizlarga o‘zini qiz bola sifatida tanishtirib, ularning ishonchiga kirish orqali bir nechta sir saqlanishi lozim bo‘lgan shaxsiy fotosurat va videolarini qo‘lga kiritgan. Shundan keyin ularni tarqatish bilan qo‘rqitib, evaziga 300 dollar miqdorida pul talab qilib, mazkur pullarni olayotgan vaqtida Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan ashyoviy dalil bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.A.ning sodir etilib, fosh qilinmagan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga