O‘zbek-tojik chegarasi yaqinida 26 kg narkotik modda qoldirib ketildi

Butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekiston Respublikasida ham giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq vaziyat keskinligicha qolmoqda. Bu asosan mamlakatimizga narkotik moddalarning qo‘shni davlatlardan kontrabanda yo‘llari orqali olib kelinishi bilan xarakterlanadi.

Xususan, Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va Chegara Qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida shunday holatlardan biri aniqlandi.

Ma'lum qilinishicha, Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi “O‘zbek-Tojik” davlat chegarasi yaqinida noma’lum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 20 kg 3 gr. “opiy” va 6 kg 5 gr. “gashish” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Xizmatning Samarqand viloyati bo‘yicha Boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu giyohvandlik vositalari egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

Eslatib o'tamiz, avvalroq DXX xodimlari Toshkent viloyatida narkolaboratoriya fosh etishdi. U yerda “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi tayyorlagan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121708 | Инструменты