Huawei 1
O‘zbekiston ayol tadbirkorlari Hindistonda 13 million dollarlik shartnomalarga erishdi

Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Nodira Shotursunova boshchiligida O‘zbekiston ayol tadbirkorlari Hindistonda xizmat safari bilan bo‘lishdi.

Tashrif doirasida bir qator muhim biznes tadbirlar, forumlar va B2B uchrashuvlar tashkil etildi. Ushbu uchrashuvlar chog‘ida tadbirkor ayollar Hindiston hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan 200 dan ortiq ishbilarmonlar bilan muloqot qilib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga erishdilar. 

Jumladan:

“MaxFarm” MCHJ rahbari G.Ahmedova “Gokal International” klinikasi bilan tibbiyot mahsulotlari importi bo‘yicha 3 mln dollarlik shartnoma tuzdi.

“Life Medium” MCHJ rahbari N.Umarbekova tibbiyot, huquq va logistika yo‘nalishidagi 9 ta kompaniya bilan jami 1 mln dollarlik kelishuvlarga erishdi.

“Nurtex” MCHJ rahbari M.Tashmuhammedova maxsus tibbiy kiyimlarni eksport qilish bo‘yicha 2,5 mln dollarlik shartnoma imzoladi.

“CASHGENICS” MCHJ rahbari Sh.Subanova 8 ta xorijiy kompaniya bilan ishlab chiqarishni kengaytirish yuzasidan 3,5 mln dollarlik kelishuvlar tuzdi.

“LaSposa” to‘y liboslari saloni rahbari Yu.Mavlyanova “Vasha Varma” kompaniyasi bilan mato importi bo‘yicha 1 mln dollarlik shartnomaga erishdi.

“MPA International” agentligi rahbari N.Tojiboyev taʼlim sohasida 3 ta tashkilot bilan hamkorlik kelishuvi tuzdi.

“Artatex” MCHJ rahbari N.Bekmuratova “AGROGIAM” kompaniyasi bilan tekstil sohasida 2 mln dollarlik kelishuvni amalga oshirdi.

Bunday xalqaro hamkorliklar nafaqat milliy biznesni rivojlantirish, balki O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61309 | Инструменты