14–16-noyabr kunlari mamlakat bo‘yicha yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, harorat me’yoriy ko‘rsatkichlardan biroz yuqori bo‘ladi.
Bugun va yaqinlashayotgan dam olish kunlarida O‘zbekiston hududida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kechalari havo harorati 2–7 daraja iliq bo‘lib, kunduz kunlari 17–22 daraja atrofida bo‘ladi. Ushbu harorat noyabr oyi o‘rtasi uchun o‘rtacha ko‘p yillik me’yorlardan 3–5 darajaga yuqori. Respublika bo‘ylab sharqdan esadigan juda mayin shamol kuzatiladi.
Toshkent shahrida ham yaqin kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Poytaxtda kechalari havo 4–6 daraja iliq, kunduz kunlari esa 18–20 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111416 | Инструменты