Huawei 1
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha Filippin bilan muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lib kirish bo‘yicha Filippin bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov LinkedIn sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 1-dekabr kuni Jenevada o‘tgan uchrashuvda O‘runov va Filippin elchisi Tixanki Manuel tegishli protokolni imzoladi. Marosimda JST bosh direktori o‘rinbosari Chjan Syanchen ham ishtirok etdi.

“Jenevadagi men bilgan eng yaxshi elchilardan biriga hamkorlik, qo‘llab-quvvatlash va maqsadga erishishda birgalikdagi harakati uchun minnatdorchilik bildiraman”,  deb yozdi O‘runov o‘z sahifasida.

Uning ta’kidlashicha, so‘nggi ikki oy ichida O‘zbekiston Filippin, AQSh, Xitoy va Salvador bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120220 | Инструменты