O‘zbekiston orqali Qirg‘izistonga noqonuniy o‘tmoqchi bo‘lgan 11 nafar bangladeshlik qo‘lga olindi

25 iyun kuni Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati ichki ishlar boshqarmasi va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati xodimlari tomonidan O‘zbekistondan Qirg‘izistonga noqonuniy ravishda kirmoqchi bo‘lgan Bangladesh fuqarolari qo‘lga olingan. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 8 iyun kuni Bangladesh fuqarolari O‘zbekistonga ish izlab kelgan, biroq topa olmagan. Shundan so‘ng, ular chegara punktlarini chetlab o‘tib, Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tishga qaror qilgan. 

Shu bilan birga, chegarachilar noqonuniy migratsiya kanalini tashkil qilgan Qirg‘iziston fuqarosini ham aniqlagan.

“Qo‘lga olingan xorijliklarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzildi. Adliya organlari ularni Qirg‘iziston Respublikasidan chiqarib yuborish masalasini ko‘rib chiqmoqda”, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70710 | Инструменты