Huawei 1
Toshkentda maktab o‘quvchisi piyodani urib yubordi

Joriy yilning 27-iyun kuni  soat 20:10 larda Uchtepa  tumani TXAY ko’chasi Ko’rkam Obod MFY Milliy Gvardiya binosi qarshisida haydovchi voyaga yetmagan 2008-yilda tug‘ilgan (erkak) A.X. Malibu-2 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo’lni belgilanmagan qismidan kesib o’tayotgan piyoda 1985-yilda tug’ilgan (erkak) G.K.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100521 | Инструменты