O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganiga 32 yil to‘ldi

1992-yil 10-dekabr “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.

Ushbu qonun 12 ta moddadan iborat bo‘lib, Davlat madhiyasining matni va musiqaviy tahriri ilova qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi musiqasining muallifi Mutal Burhonov, so‘zlari muallifi esa - Abdulla Oripov.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.

Darhaqiqat, garchi kim uchundir balandparvoz tuyulsada, o‘zi tug‘ilib o‘sgan moʻtabar diyorga mehr, o‘z eliga bo‘lgan ehtiromni shakllantirishda madhiyamizning o‘rni beqiyos. Sportchilarimiz sharafiga xalqaro arenalarda bayrog‘imiz sarbaland ko‘tarilib, madhiyamiz yangraganida qalblar junbushga keladi. Bu tuyg‘uni o‘sha onlarda shohsupada turgan sportchilar juda yaxshi bilishadi.

Xususan, bu yil Parij-2024 Olimpiadasida O‘zbekiston sportchilari sharafiga Fransiya zaminida davlatimiz madhiyasi 8 marotaba yangradi.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40503 | Инструменты