Huawei 1
O‘zbekiston Rossiya TIVga haqoratga uchragan haydovchi yuzasidan nota yubordi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi avgust oyida Rossiyada o‘zbekistonlik ekani aytilgan taksi haydovchisi bilan bog‘liq holat ortidan Rossiya TIVga nota yubordi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot kotibi Ahror Burxonov.

Qayd etilishicha, notada mazkur videodagi shaxsni aniqlash va unga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish so‘ralgan.

«Hurmatli vatandoshlar, sizlarga yana bir bor eslatib o‘tamiz. O‘zbekiston fuqarolari dunyoning qaysi nuqtasida bo‘lishidan qatʼiy nazar, davlatimiz himoyasida hisoblanadi», — deyiladi xabarda.

Vazirlik ijtimoiy tarmoqlar va OAVda tarqalayotgan maʼlumotlarni muntazam ravishda kuzatib borishi hamda aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish maqsadida xorijiy mamlakatlarning vakolatli idoralari bilan yaqin hamkorlik qilishini eslatib o‘tdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90322 | Инструменты