Huawei 1
O‘zbekiston va GGGI yashil rivojlanish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlamoqda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vaziri Aziz Abduhakimov Global Yashil rivojlanish instituti (GGGI) hududiy boshqarmasining yangi rahbari Seung Yeon Stella Li bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning asosiy ekologik tashabbuslari, jumladan, 2025-yilning “Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili” deb e’lon qilinishi, Iqlim kengashi va Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining tuzilishi, “Yashil makon” umummilliy loyihasi, Orol dengizi tubida 2 million gektar maydonda o‘rmon barpo etish va boshqa tashabbuslarni taqdim etdi.

Uchrashuvda asosiy masala GGGI bilan ikki tomonlama hamkorlik boʻlib, uning doirasida yashil oʻsish indeksida Oʻzbekiston reytingini oshirish, moliyaviy mexanizmlarni taʼminlash boʻyicha institutsional salohiyatni kuchaytirish, barqaror loyihalarga xalqaro investitsiyalarni jalb qilish, “Ekofaol fuqaro” va “Ekologik sugʻurta” dasturlarini qoʻllab-quvvatlash va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston tomoni GGGI vakillarini 2025-yilda boʻlib oʻtadigan quyidagi yirik ekologik tadbirlarga taklif qildi: CITES konvensiyasi ishtirokchilari konferensiyasining 20-yigʻilishi (24-noyabr – 5-dekabr), Birinchi Samarqand iqlim forumi (4–5-aprel) va Atrof-muhit texnologiyalari xalqaro koʻrgazmasi (Eco Expo Central Asia).

Uchrashuv yakunida vazirlik va GGGI o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Xususan, tomonlar ekologik loyihalarning investitsion jozibadorligini oshirish, “yashil” moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish va barqaror rivojlanish sohasida ilg‘or yechimlarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi.

Ma’lumot uchun: Seung Yeon Stella Li joriy yilning yanvar oyida O‘zbekistondagi GGGI mintaqaviy vakolatxonasi rahbari etib tayinlangan edi. U Seul Milliy Universitetida bakalavr, Kolumbiya universitetida xalqaro munosabatlar bo‘yicha magistr va shahar va mintaqaviy rejalashtirish bo‘yicha PhD darajasiga ega.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21602 | Инструменты