Malayziyada “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusida birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Malayziya Oliy ta’lim vaziri Zambri Abdul Kadir so‘zga chiqib, ikki mamlakat o‘rtasida oliy ta’lim sohasida mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, tomonlar istiqbolda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish, akademik mobillik dasturlarini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish hamda ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini oshirishni qayd etdi.Shundan so‘ng forumning madaniy qismi boshlandi. O‘zbekiston va Malayziya san’atkorlari ishtirokidagi konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat ulashib, ikki mamlakat madaniyatini yaqinroq tanishtirishga zamin yaratdi.
Forum davomida soha mutaxassislari tomonidan turli mavzularda ma’ruzalar o‘qilib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator tashabbuslar ilgari surildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20423 | Инструменты