Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida "Markaziy Osiyo" Sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazi faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida Bitim imzolandi.
Hujjatni O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, Qozog‘iston tomonidan Qozog‘iston tomonidan savdo va integratsiya vaziri Arman Shakkaliev imzoladi.
Markazning vazifalariga quyidagilar kiradi:
- davlatlararo hamkorlik aloqalari va xalqaro qiymat zanjirlarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- chegara hududlari ishlab chiqarish bazasidan foydalanish samaradorligini oshirish;
- Markazdagi ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, modernizatsiya qilish va sanoat korxonalarini raqobatbardoshligini oshirish;
- ikki davlat oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va boshqalar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121823 | Инструменты