Huawei 1
Abdulla Aripov Adilbek Kasimaliyevni Qirg‘iziston Bosh vaziri etib tasdiqlangani munosabati bilan tabrikladi

Bugun, 18-dekabr kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi Rahbari Adilbek Kasimaliyev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston Bosh vaziri Adilbek Kasimaliyevni Qirg‘iziston Bosh vaziri etib tasdiqlangani munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Shuningdek, davlatlar rahbarlari tomonidan hukumatlar oldiga qo‘yilgan muhim vazifalarni amalga oshirishda yaqin hamkorlik qilish hamda savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda erishilgan kelishuvlarni izchil ro‘yobga chiqarishga ishonch bildirildi.

Avvalroq, O‘zbekiston Bosh vaziri qirg‘izistonlik hamkasbiga ushbu lavozimga tasdiqlangani munosabati bilan tabrik maktubi yuborgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121902 | Инструменты