Huawei 1
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida migratsiya sohasidagi muhim kelishuvga erishildi

Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev va Shvetsiya Migratsiya vaziri Johan Forssell o‘rtasida O‘zbekiston va Shvetsiya migratsiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi

Konstruktiv muloqotda, noqonuniy migratsiyani oldini olish, inson huquqlarni himoyalovchi, qulay, shaffof tashkillashtirilgan migratsiya mexanizmlarini yaratish masalasi muhokama qilindi.

Bugungi kunda Shvetsiyadagi demografik jarayonlar tufayli transport, qurilish, sanoat, tibbiyot, taʼlim va xizmat ko‘rsatish sohalarida kadrlar yetishmovchiligi kuzatilyapti. O‘zbekiston ushbu mamlakat mehnat bozoriga malakali mutaxassislarni tayyorlash va olib kirish uchun yetarli salohiyatga ega.

Tomonlar quyidagi asosiy tashabbuslarni ilgari surishdi:

- ikki mamlakat o‘rtasida markazlashtirilgan raqamli platforma yaratish;

- qurilish, logistika va tibbiy xizmatlar yo‘nalishlariga ish beruvchilar talabi asosida o‘zbekistonlik yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va Shvetsiyada bandligini taʼminlashga qaratilgan pilot loyihalarini boshlash.

Shuningdek, uchrashuv doirasida migratsiya va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik haqida qo‘shma deklaratsiya imzolandi, bu hamkorlik nolegal migratsiyaga chek qo‘yish, axborot almashish va konsullik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

“Ishonchim komilki bugun imzolangan tarixiy hujjat, O‘zbekiston – Shvetsiya munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish, va kelajakdagi faol hamkorligimiz uchun muhim qadam bo‘ldi. Mamlakatingizga ilk bor kelgan bo‘lsamda, jadal rivojlanayotgan iqtisodiyot, qolaversa barcha sohalardagi ijobiy imkoniyatlar menda juda ijobiy xissiyotlar qoldirdi”, - dedi Shvetsiya Migratsiya vaziri Johan Forssell.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin migratsiya jarayonlariga oid qonun loyihasi qabul qilingan edi. Ushbu qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni ish beruvchidan yoki buyurtmachidan undirish tartibi bekor qilinmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72211 | Инструменты