Joriy yilning 12-20 iyul kunlari Xitoyning Urumchi shahrida "O‘tkir tig‘-2025" xalqaro snayperlar musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Milliy gvardiyasi jamoasi ikkita mashqda rekord natija ko‘rsatib, birinchi o‘rinni egalladi:
Kompleks otishma: 7 ta o‘t ochish pozitsiyasidan 1200 metrgacha bo‘lgan masofada turli masofada joylashgan 24 ta nishonni yo‘q qilish;
• shahar sharoitida balandlikdan otish: 100 dan 650 metrgacha bo‘lgan masofada 6 ta nishonni urish.
Shuningdek, yakkakurash, ekstremal merganlik kabi boshqa yo‘nalishlarda ham jamoa vakillari sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunida mahalliy merganlar 8 ta medal, 10 ta diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, eng murakkab yo‘nalishlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa sifatida tezkor texnik va taktik tayyorgarlik yo‘nalishida musobaqa kubogi sohibiga aylandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72200 | Инструменты