Huawei 1
O‘zbekiston Xitoy bilan ta’lim sohasida hamkorlik aloqalarini kuchaytiradi

Samarqandda II ta’lim, fan va texnologiyalar sohasidagi innovatsion hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston va Xitoydagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, vazirlar va hududlar rahbarlari ishtirok etdi.

So‘nggi yillarda biz oliy ta’lim sifatini oshirish, fan va ishlab chiqarish integratsiyalashuvi, akademik mobillik va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirmoqdamiz,--dedi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov forum ochilish marosimida.-- Bugungi forum aynan O‘zbekiston va Xitoy mintaqalari o‘rtasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ta’lim tizimida ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda yoshlarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.  

Xitoy Xalq Respublikasi 30 yildan buyon O‘zbekistonning strategik hamkori sifatida, ta’lim va ilmiy hamkorlik sohasida ham salmoqli qo‘shma dasturlarni amalga oshirmoqda.

Forumda so‘zga chiqqan Xitoy Xalq Respublikasi Shensi provinsiyasi gubernatori Chao Gang Xitoy va O‘zbekiston qadimdan Buyuk Ipak yo‘li orqali do‘stona munosabatlar o‘rnatib kelayotgani, keyingi yillarda ikki davlat ta’lim, ilm-fan sohasida ham hamkorlik bitimlari o‘rnatayotganini ta’kidladi.  

Bu galgi forumda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘ndan ortiq hamkorlik bitimlari imzolandi.

Masalan, Samarqand davlat universiteti bilan Sian arxitektura-texnologiya universiteti o‘rtasida madaniyat sohasida hamkorlik va almashinuv to‘g‘risida memorandum imzolandi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60602 | Инструменты