Oʻzbekistonda 126 ta madaniyat va istirohat bogʻlari bor. Ularning ko'pi qayerda joylashgan?

Statistika agentligi maʼlumotiga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan madaniyat va istirohat bogʻlari soni 126 tani tashkil etgan.

Faoliyat koʻrsatayotgan madaniyat va istirohat bogʻlari soni eng ko'p bo'lgan hududlar Andijon va Toshkent shahridir. Ushbu ikki hududda 21 tadan istirohat bog'lari mavjud.

Ko'ngilochar markazlar eng kam hudud esa Sirdaryo — 2 ta.

Quyida respublika bo'ylab qaysi hududda qancha parklar borligi bo'yicha ma'lumot:

Surxondaryo viloyati — 15 ta

Xorazm viloyati — 14 ta

Navoiy viloyati — 9 ta

Qashqadaryo viloyati — 8 ta

Fargʻona viloyati — 8 ta

Qoraqalpogʻiston – 7 ta

Buxoro viloyati — 6 ta

Namangan viloyati — 5 ta

Samarqand viloyati — 4 ta

Toshkent viloyati — 3 ta

Jizzax viloyati — 3 ta

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40513 | Инструменты