Huawei 1
O‘zbekistonda avtomobildan xoli hududlar kengaymoqda

Turizm qo‘mitasi tomonidan sayyohlarga qulayliklar yaratish, ularning har bir hududda mazmunli dam olishlari, erkin piyoda yurishlarini tashkil etish maqsadida ma’lum yo‘nalishlarda “avtomobildan xoli hudud”lar tashkil etilmoqda.

Jumladan, Buxoro shahri tarixiy markazining Toqi Telpakfro‘shon madaniy meros obyektidan Ark qo‘rg‘oni avtoturargohigacha bo‘lgan qismida, Andijon viloyatining Xonobod shahrida, Farg‘ona viloyatidagi turizm namoyishi obyektlari bo‘lgan Farg‘ona shahar I.Karimov nomidagi san’at saroyi, “Eko shahar” madaniy dam olish bog‘i, Ahmad al-Farg‘oniy istirohat bog‘i, Marg‘ilon shahar E.Vohidov nomidagi istirohat bog‘i, hamda Qo‘qon shahar O‘rda maydoni, “Istiqlol turizm ko‘chasi hududlari “avtomobildan xoli hudud”ga aylantirildi.

Shuningdek, Samarqand tumani “Konigil” turizm qishlog‘ida yangidan tashkil etilgan turizm obyektida 2.5 km uzunlikdagi yo‘l avtomobildan holi hudud sifatida faoliyat olib bormoqda. Yo‘lning kirish qismida avtomobillarni taqiqlovchi yo‘l belgilari o‘rnatilgan. Registon maydoni va Shohi zinda majmuasini bog‘lovchi 1.5km uzunlikdagi I. Karimov ko‘chasi avtomobildan holi hudud sifatida faoliyat olib bormoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81501 | Инструменты