Huawei 1
O‘zbekistonda bironta kompyuter o‘yini yaratilmagan - Yosh Game Developer Aleksandr Muxitdinov

Diba Innovation HUB (Toshkentdagi Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyi) hamda Cube of Skill hamkorlikda bepul seminar tashkil etdi. Unda ishtirokchilar eng yaxshi o'yin mexanizmi - "Unreal Engine 5"dan foydalanib kompyuter o'yinini yaratish haqida bilimga ega bo'lishdi.

"Unreal Engine 5" yordamida shu kunga qadar Mortal Combat, Outlast, Dead By Daylight, Atomic Heart, Hogwarts Legacy va boshqa ko'plab o'yinlar yaratilgan.

"Kompyuter o'yinlarini yaratish va shu ish ustida ishlash ijodiy qobiliyatni ro'yobga chiqarish va pul ishlash imkoniyatini oshiradi. Bizning kursimiz butun O‘zbekiston bo‘ylab "Unreal Engine 5" bo‘yicha birinchi va yagona kurs hisoblanadi.

Moddiy manfaat nuqtai nazaridan qarasangiz, bu juda katta foyda keltiradigan yo'nalish. Chunki rivojlangan mamlakatlarda eng ommabop va daromadli sohalardan biri Gamedev sanoatdir.

O‘zbekistonda hozircha kompyuter o‘yinlari yaratilmagan. Cube of skill butun O‘zbekistondagi yagona Unreal Engine 5 kursida taqdim etadigan kurs hisoblanadi. Bu sohaning bo'shab qolishi esa bilim va tajribaning yetishmasligi bilan bog‘liq", dedi Aleksand Muxitdinov.

Seminar 12-avgust kuni Diba Innovation HUB binosida bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga "UE5" mutaxassisi, turli kompyuter o‘yinlari yaratuvchisi, 3D-rassom va 3D-animator Aleksandr Muxitdinovdan javob olishdi.

Ma'lumot uchun, oʻyin sanoati IT sohasidagi eng daromadli va nufuzli soha boʻlib, unga koʻp pul investitsiya qilinadi.

Biroq, geymdev IT sohasidagi eng qiyin yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. U turli fanlarni birlashtiradi: dasturlash, 3D dizayn (modellashtirish/animatsiya/teksturalash), SI yaratish, o‘yin dizayni va boshqa ko‘plab jihatlar. Oʻyinlarni yaratishda ushbu xilma-xil kompetensiyalarsiz amalga oshirish mumkin emas.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61516 | Инструменты