“O‘zbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–262-son, 21.08.2025 y.) qabul qilindi.
Mamlakatimizda futbolni yana-da rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- moddiy-texnik bazani xalqaro talablarga moslashtirish va futbol maydonlarini ko‘paytirish orqali futbol bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini oshirish;
- iqtidorli futbolchilarni saralab olish, ularni professional futbolchi sifatida tayyorlash tizimini to‘liq raqamlashtirish.
Qarorga ko‘ra, “Milliy futbol elektron platformasi” axborot tizimi yaratiladi.
2026 yil 1 yanvardan tajriba-sinov tariqasida futbol akademiya va maktablarining o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn kuzatish, futbolchilar seleksiyasi hamda tibbiy va jismoniy ko‘rsatkichlarini monitoring qilish mazkur axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
2026 yil 1 martdan futbol o‘yinlariga chiptalarni xarid qilish shaxsni identifikatsiya qilish hamda matritsali shtrix-kod (QR kod) texnologiyalarini qo‘llashni nazarda tutuvchi maxsus onlayn axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82519 | Инструменты