Oʻzbekistonda hozir nechta oliy taʼlim muassasasi bor? Ularning qanchasi vazirlik va idoralarga tegishli?
Hozirda Oʻzbekistonda 152 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud. Bu bo'yicha Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati ma'lumotlarni ochiqladi.
Raqamlarga qaraydigan bo'lsak, O'zbekistondagi 152 ta OTMdan:
Universitet — 27 ta;
Institut — 45 ta;
Akademiya — 3 ta;
Konservatoriya — 1 ta;
Filial — 29 ta;
Xorijiy OTM va uning filiallari — 29 ta;
Nodavlat (xususiy) OTM — 18 ta.
Davlat oliy taʼlim muassasalari tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - 53 ta;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5 ta;
Sog‘liqni saqlash vazirligi - 11 ta;
Madaniyat vazirligi - 9 ta;
Badiiy akademiya - 1 ta;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - 7 ta;
Adliya vazirligi - 2 ta;
Transport vazirligi - 1 ta;
Navoiy kon-metallurgiya kombinati - 2 ta;
Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta;
Qurilish vazirligi - 2 ta;
Turizm va sport vazirligi - 4 ta;
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi - 3 ta;
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi - 1ta;
Davlat soliq qo‘mitasi - 1 ta;
Prezident taʼlim muassasalari agentligi - 1 ta.
️Eslatib o'tamiz, ushbu roʻyxatga harbiy va diniy oliy taʼlim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82723 | Инструменты