Huawei 1
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari soni 6,77 million nafarga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshiga, O‘zbekistondagi umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlaridagi o‘quvchilar soni 6 776,3 ming nafarni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 1990/1991 o‘quv yili boshiga nisbatan solishtirilganda 2 120,8 ming nafar yoki 45,6 % ga oshgan.

Yillar kesimida umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlaridagi o‘quvchilar soni quyidagicha:

1990/1991 o‘quv yili boshiga – 4 655,5 ming nafar;

2000/2001 o‘quv yili boshiga – 6 017,6 ming nafar;

2010/2011 o‘quv yili boshiga – 4 695,3 ming nafar;

2020/2021 o‘quv yili boshiga – 6 287,9 ming nafar;

2023/2024 o‘quv yili boshiga – 6 645,1 ming nafar;

2024/2025 o‘quv yili boshiga – 6 776,3 ming nafar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60608 | Инструменты