O‘zbekistonda masjidlar soni 2 100 tadan oshdi
O‘zbekistondagi masjidlar soni yana bittaga ko‘payib, jami 2101 taga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Qoraqolpog‘istonning Chimboy tumani "Kenges" ovulida "Yusuf ota" jome masjidi o‘z faoliyatini boshladi. Qurilish ishlari bir yil davomida barcha qulayliklarga ega holatda tadbirkorlar va mahalliy aholi tomonidan bitkazildi.

Shu bilan ushbu tumanda masjidlar soni 1 taga ko‘payib, Qoraqalpog‘istondagi jami masjidlar soni 58 taga yetdi.
Ma’lumot uchun, bundan oldingi Qoroqalpog‘istondagi 57-masjid shu oyda Qonliko‘l tumani “Qos jap” ovul fuqarolari yig‘ini hududida “Atajan xo‘ja” nomi bilan ish boshlagandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52201 | Инструменты