O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda

O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda, deya xabar berdi Energetika vazirligi.

Qayd etilishicha, qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargani sababli zarur choralar ko‘rilmoqda.

Birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini (maktab, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shifoxonalar, oliy ta’lim muassasalari, issiqlik elektr stansiyalari va boshqalar) tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash bosh vazifalarimizdan biri hisoblanadi, deyiladi xabarda.

Shu bois, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarida tabiiy gaz bosimi pasayishini oldini olish maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda.

Vazirlik bu zaruriy choralar vaqtincha bo‘lib, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini hamda holat haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121120 | Инструменты