Huawei 1
O‘zbekistonda “Milliy merosga mening hissam” aksiyasi sayti ishlab chiqildi

O‘zbekistonda aholidan madaniy boyliklarni xarid qilish uchun “Milliy merosga mening hissam” aksiyasi sayti ishlab chiqildi

Prezidentning 2022-yil 27-maydagi PQ-261-sonli qaroriga asosan aholidan madaniy boyliklarni xarid qilish jarayonini raqamlashtirish belgilangan edi.

"Madaniy meros agentligi tomonidan Milliyboylik.uz tizimi (veb-sayti) ishga tushganligi hamda ushbu veb-sayt orqali madaniy boyliklarni topshirish mumkinligini ma’lum qilamiz", — deyiladi agentlik  xabarida.

Avvalroq, muzeylar xalqdan madaniy boyliklarni sotib olishni boshlashi va "Milliy merosga mening hissam" aksiyasi har yili o‘tkazilishi hamda uning doirasida muzeylar aholidan qimmatbaho san’at asarlarini xarid qilishlari mumkinligi xabar qilingandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72916 | Инструменты