Huawei 1
Asakada uyda tashkil etilgan ustaxona yonib ketdi, bir kishi halok bo‘ldi

Joriy yilning 28-iyul kuni soat 18:21 da Asaka tumani Ne'matobod MFY Yangiobod ko‘chasida joylashgan fuqaro S. A. ning yashash xonadonida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida 112 tizimi orqali Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan. Xabarga asosan soat 18:26 da Yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan va sodir bo‘lgan yong‘in soat 18:54 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida axoli yashash xonadonining 70 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan. Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Andijon prokuraturasining ma'lum qilishicha, yong‘in oqibatida S ismli shaxs hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Asaka tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82709 | Инструменты